馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga press-tur tashkil etildi


Bugun, 22-aprel kuni Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutiga ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

 

O始zR F袗 Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti yirik ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi. Mazkur muassasada fizikaviy elektronika, fotonika, issiqlik fizikasi, lazer fizikasi, yangi materiallar sintezi va nanotexnologiyalar yo始nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Dastlab press-tur ishtirokchilari uchun matbuot anjumani o始tkazildi va unda Institut faoliyati haqida umumiy ma始lumot berildi.

Shundan so始ng jurnalistlar Superkompyuterlar klasteri – FISTUz (Fast Intelligent Simulation Toll of Uzbekistan), 袗maliy nanotexnologiyalari laboratoriyasi, Ilmiy asbob uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi, Kondentsiyalangan muhit optikasi laboratoriyasi hamda Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Muassasadagi FISTUz da superkomp褜yuterlar klasteri yordamida kam ishchi kuchi sarflagan holda qisqa muddat ichida fizik va kimyoviy jarayonlarni atomar darajada modellashtirish imkoniyati mavjud. 32 ta Worker 1 ta Builder va 2 ta Master kompyuterlaridan tashkil topgan.

Institutda tashkil etilgan “袗maliy nanotexnologiyalar (袗NT)” ilmiy laboratoriyasi “Yuqori samaradorlikka ega proton almashinuvchi membranalarini sintezlash”, “Nanokatalizatorlar: shakllanishi, strukturasi, o始lchov effektlari va ularning uglerod nanomateriallari sintezi jarayonlariga ta始siri” mavzularida fundamental tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, “Plazmadan foydalanib ammoniy perrenatidan reniy metallini olish texnologiyasini yaratish” va “Qattiq qotishmali kesuvchi instrumentlar tayyorlash uchun volfram karbidi nanokukunlarini olish texnologiyasini yaratish” bo始yicha amaliy tadqiqotlar bajarilmoqda.

Shuni ham alohida ta始kidlash lozimki, mazkur laboratoriyada Moddalarni o始stirish klasteri tashkil etilgan. Ushbu klaster 2 ta modul va transport robot tizimidan iborat bo始lib, PEALD, PECVD usulida o始ta katta aniqlikda murakkab strukturalarni hosil qilish va o始ta yupqa qoplamalar o始stirish uchun ishlatiladi. Klasterda o始sish jarayonini bevosita kuzatib borish uchun interferometr va ellipsometr o始rnatilgan. Ular yordamida sirt reaktsiyalarining oraliq mahsulotlari va reaktsiyaning amalga oshish yo始nalishlarini katta aniqlikda kuzatsa bo始ladi.

Shuningdek, Institutida Ilmiy asbob uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi ham tashkil etilgan. Ushbu Markaz eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo始lib, mazkur markaz faoliyatidan respublikada ilm bilan shug始ullanayotgan barcha foydalanish mumkin.

Ma始lumot o始rnida, Institut tarkibida 9 ta ilmiy laboratoriya va 1 ta markaz mavjud. Muassasada jami 212 nafar, shundan 105 nafari ilmiy xodimlar 1 nafar akademik, 22 nafar fan doktorlari, 35 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritadi, 18 nafar doktorantlar va 5 nafar stajer-tadqiqotchilar o始z ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.

http://academy.uz/uz/photo-gallery/ion-plazma-va-lazer-texnologiyalari-institutiga-press-tur-fotolavha 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!