Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Investitsiyaviy hamkorlik – kelajak istiqboli


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi Oʼzbekiston tomonidan taʼsischisi sifatida oʼzining 25 foizlik ilmiy-texnikaviy va intelektual salohiyati orqali Rossiya Federatsiyasining “Salyus” kompaniyasi bilan 10,0 mln. AQSH dollar miqdoridagi “Hamkorlik memorandumi” asosida “Salyus-Oʼzbekiston” Oʼzbekiston-Rossiya Qoʼshma korxonasi tashkil etgan edi.

Shu munosabat bilan 2018-yil 20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga “Salyus” kompaniyasi direktori Ivankov Yegor Aleksandrovich tashrif buyurdi. Mehmonni OʻzR FA prezidenti Bexzod Yuldashev va FA Navoiy boʻlimi raisi Abdurazzoq Mirzayev kutib oldi va hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Rossiyaning “Salyus” kompaniyasi direktori Ivankov Yegor Aleksandrovich Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish istagida ekanligini bildirdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!