Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi eng yaxshi tashkilot


Joriy yil 25-27-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Tashkent Law spring” хalqaro huquqiy forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akad. S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan “Intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi eng yaxshi tashkilot” mukofoti g‘olibi deb topildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, 2016-yilda Toshkentda o‘tkazilgan X Respublika Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarka doirasida ushbu Institutning ilmiy ishlanmasi “Tijoratlashtirilgan eng yaxshi ixtiro” tanlovida g‘olib bo‘lgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!