Bugungi kunda Prezidentimiz ta始biri bilan aytganda, “Biz milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishishni o始z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo始ydik”. Milliy yuksalishga erishish yo始lidagi muhim omillardan biri, esa albatta, bu ilm-fandir. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu soha vakillariga jiddiy g始amxo始rlik ko始rsatilmoqda. Qisqa davr ichida, ilm-fanni yangi bosqichga ko始tarishga yo始naltirilgan bir qator muhim amaliy ishlar amalga oshirildi va bular davom etmoqda.
Ma始lumki, 2020-yil yanvar oyidan boshlab Fanlar akademiyasi tashkilotlari bazaviy moliyalashtirish tizimiga o始tkazildi va u o'z navbatida olimlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda. Bu Davlatimiz Rahbari tomonidan ilm-fanni rivojlantirishga, mamlakatimiz ilmiy jamoalari va olimlarini qo始llab-quvvatlashga qaratilgan e始tibordan dalolat beradi.
Kuni kecha kun.uz sayti orqali e始lon qilingan FA Yardo fizikasi instituti direktori I.Sodiqov intervyusida (https://kun.uz/news/2021/02/09/institut-ishlab-topgan-puliga-ozi-uchun-uskuna-sotib-ololmaydi-yadro-fizikasi-instituti-direktori) aytilgan gaplar muxbir tomonidan noto始g始ri talqin qilinganligi va nashr etilganligi bois ancha bahsli vaziyat vujudga keldi.
Institut direktori so始zida “Hozir byudjet tizimiga o始tgandan keyin muammo yana ham ko始paydi” demagan. 袗ksincha, muammolar Institutning barcha hisob raqamlari, shu jumladan, nobyudjet hisob raqamlar ham g始aznachilikga o始tkazilgandan keyin paydo bo始ldi, degan.
Institut o始zining nobyudjet mablag始laridan ham o始ziga zarur bo始lgan uskuna va materiallarni sotib olishi qiyinlashgani, hamma narsani birja savdosi orqali sotib olish mavjud muammolarni tez hal qilishga xalaqit qilayotganligi aytilgan.
Byudjetdan ajratilgan mablag始larni mayli nazorat qilinsin, lekin nobyudjet mablag始lardan zarur uskuna va materiallarni sotib olish to始g始ridan-to始g始ri shartnomalar orqali sotib olinishiga ruxsat berilsa maqsadga muvofiq bo始lishi haqida gapirilgan, ya始ni, Institut direktori faqat nobyudjet mablag始lardan foydalanish to始g始risida gapirgan.
Ushbu maqola yuzasidan kun.uz. muxbiri bilan gaplashib, diktofon yozuvlari eshitib ko始rildi. I.Sodiqov bilan suhbatda byudjet tizimi haqida hech qanaqa gap ketmaganligi va bu intervyudagi anglashilmovchilik muxbir tomonidan noto始g始ri talqin qilish orqali yuzaga kelganligini ma’lum qilamiz. Kun.uz saytidagi tegishli materialga aniqlik kiritilib to始g始irlab qo始yildi.