"Innoweek-2025" xalqaro innovatsion ishlanmalar haftaligida Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika mazkazi, Yadro fizikasi instituti, Genetika va o'simliklar eksperimental biologiya instituti, Mikrobiologiya instituti, Bioorganik kimyo instituti, Zoologiya instituti, O'simlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Materialshunoslik instituti, Fizika-texnika instituti, Seysmologiya instituti, Navoiy bo'limi olimlarining ilmiy ishlanmalari namoyish etilmoqda.



Jumladan, Navoiy bo'limi olimlarining ishlab chiqilgan glouber tuzi - oq yoki ko始ksimon kristall ko始rinishida bo始ladigan mineral tuz bo始lib, suvda yaxshi eriydi va sanoat hamda tibbiyotda qo始llaniladi. U XVII asrda nemis kimyogari Yoxann Rudolf Glouber tomonidan kashf etilgan. Bu tuz shisha, qog始oz, kimyo va yog始 ishlab chiqarishda, shuningdek, energiya saqlovchi innovatsion material sifatida ham ishlatiladi. Tibbiyotda esa u ich tozalovchi vosita sifatida foydalaniladi.
Glouber tuzi mavjud bo始lgan tabiiy balchiqlar ham shifobaxsh hisoblanadi. Ular teri kasalliklari, muskul va bug始im og始riqlarini yengillashtirishda foydalidir. Bunday balchiqlar kurort va sanatoriylarda fizioterapiya maqsadlarida qo始llaniladi.
Shuningdek, Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ko'mir briketi uchun bog'lovchi vositasi mahalliy xom-ashyolar asosida yaratilgan va u vosita mustahkamlikni oshirishni ta'minlaydi, issiqlik hamda yonish vaqtini oshiradi.
Eng muhim jihati, import qilinayptgan bog'lovchidan 50 % arzon.