O始zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu.袗bduraxmonov Xorazm Ma始mun akademiyasi xodimlari bilan uchrashdi. U bugungi kunda O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida juda katta o始zgarishlar amalga oshirilayotganligini, ushbu o始zgarishlar va olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 14-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham aks etganligini aytdi. Shu bois Xorazm Ma始mun akademiyasi xodimlari ham ushbu yangilanishlarga o始z hissasini qo始shishi lozimligini ta始kidladi. Buning uchun har bir xodim fidoyi bo始lishi, yakdil bir bo始lib vatanimiz ravnaqi uchun ishlashi lozimligini ta始kidladi.

Tashrif davomida vazir Xorazm Ma始mun akademiyasining “Termitlar tarqalishini oldini olish va ularga qarshi kurash”, “Don ekinlari va don mahsulotlarining sifatini tahlil qilish”, “Fizik va kimyoviy tadqiqotlar” laboratoriyalarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.