Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Innovatsion faoliyatning huquqiy asosi


Joriy yil 24-iyulda O'zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to'g'risida”gi O'RQ-630-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunda innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, innovatsion faoliyatning asosiy printsiplari, innovatsiya turlari, subyektlari hamda ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, innovatsion faoliyatning amalga oshmaslik xavflari, uni baholash va kamaytirish usullari, innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko'maklashish ham ko'rsatilgan.

Ma’lumki, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etish, yangi ishlanmalar  rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilish, innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasidagi tushunchalarni tartibga soluvchi yagona qonun hujjati mavjud emas edi. Ushbu hujjat “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida”gi Qonunning mantiqiy davomi bo'lib, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog'liqligini ta'minlaydi.

Qonun innovatsiya va innovatsion faoliyat sohasidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni tartibga soladi.

Bundan tashqari, mazkur Qonunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organining, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilab qo'yildi.

Shuningdek, bu Qonun olimlar, tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ayniqsa, yoshlar uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!