Joriy yil 24-iyulda O'zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to'g'risida”gi O'RQ-630-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 6 bob, 39 bo'limdan iborat bo'lib, innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi hujjat hisoblanadi. Qonunda innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalar, innovatsion faoliyatning asosiy printsiplari, innovatsiya turlari, subyektlari hamda ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, innovatsion faoliyatning amalga oshmaslik xavflari, uni baholash va kamaytirish usullari, innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko'maklashish ham ko'rsatilgan.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organining, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilab qo'yildi.
Hozirda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o'zining normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqib, ularni mazkur Qonunga muvofiqlashtirish ishlarini olib bormoqda.