Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Immunoterapiyaga zamonaviy yondashish


2019-yil 6-may  kuni  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va  FA Immunologiya va genomika instituti tomonidan “Immunoterapiyaga zamonaviy yondashish” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda respublikamizning ko‘zga ko‘ringan immunologiya sohasi vakillari, Rossiyaning yetakchi immunologlari va molekular allergologiya bo‘yicha yetakchi mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

Seminar ishida molekular allergologiya, allergik kasalliklar uchun target dori vositalarni ishlab chiqarish va immunoterapiyaning asoslari bo‘yicha ko‘plab masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, immun tizimining ko‘plab patologik jarayonlarda faoliyati, ekzogen, endogen va kimyoviy jixatdan toza immunomodulyatorlardan klinik amaliyotda foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi. Seminarda  450 ga yaqin amaliy shifokorlar, tibbiyot oliygohlarni o‘qituvchilari, talabalari va ilmiy-tekshirish markazlarning mutaxasislari ishtirok etdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!