Bugun, 14-oktyabr kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tashkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Immunologiya - XXI asr tibbiyotining asosi" mavzusidagi xalqaro konferensiya o'z ishini boshladi.
Konferensiya ishida dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlaridan 250 dan ortiq yetakchi ekspertlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Konferensiya 3 kun davom etadi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur Institut 1985-yilda akademiklar Rem Petrov, Rahim Xayitov va O'ktam Oripovlar tashabbusi bilan tashkil etilgan.