Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"Immunologiya - XXI asr tibbiyotining asosi" mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazildi


Avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14-16-oktyabr kunlari "Immunologiya-XXI asr tibbiyotining asosi" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi. Ushbu konferensiya Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiyada dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlaridan 250 dan ortiq yetakchi ekspertlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Uch kun davom etgan konferensiya ishida molekulyar immunologiya va immunobiotexnologiya, allergologiya va klinik immunologiya yangiliklari, immunitet tanqisligi, tug'ma va moslashuvchan immunitet, immun tizimining ontogenezda rivojlanishi, monogen va poligenik kasalliklar, odamlar kasalliklarining immunologik jihatlari kabi mavzularda bir-biridan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

  

Mazkur konferensiyaning o’tkazilishi immunologiya va zamonaviy tibbiy genetika asoslarining dolzarb muammolari va tendensiyalarini aniqlash va tizimlashtirish, mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari va ilmiy-texnik ishlanmalari bilan tanishish, mutaxassislar o'rtasida ilmiy va ishchi aloqalarni o'rnatish, iqtidorli yoshlarni jalb qilish. istiqbolli ilmiy loyihalar ustida ishlash imkoniyatini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!