馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Immunologiya va inson genomikasi institutiga press-tur tashkil etildi


O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti mamlakatimizning yetakchi ilmiy muassasalaridan biri bo'lib, u immunologiya, allergologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni olib boradi.

Mazkur Institut faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil qilindi.

Press-tur davomida ishtirokchilar Reproduktsiya immunologiyasi laboratoriyasi, Fundamental immunologiya laboratoriyasi, Genom-hujayra texnologiyalari laboratoriyasi hamda Immunogentest ilmiy diagnostika markazi bilan tanishdilar hamda ish jarayonini kuzatdilar. O始zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

Ma始lumot o始rnida, Immunologiya va inson genomikasi instituti 1985-yil akademik U.袗.袗ripov, akademik R.V.Petrov va akademik R.M Xaitov tashabbuslari bilan tashkil etilgan. O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi 3838-son qarori bilan “Immunologiya va inson genomikasi instituti” deb qayta nomlandi. Hozirgi kunda Institut Markaziy Osiyoda ushbu yo始nalishdagi yagona ilmiy muassasa hisoblananadi. Institutda 8 laboratoriya, 1 ta bo始lim hamda 1 ta markaz bo始lib, ularda jami 92 nafar xodim, shulardan, 1 nafar akademik, 14 nafar fan doktori, 13 nafar fan nomzodi hamda 59 nafar ilmiy xodimlar faoliyat yuritadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!