Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Immunologiya sohasi vakillari uchun Xalqaro konferensiya o‘tkazildi


Joriy yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Immunologiya va genomika instituti hamda V.N. Gorodkov nomidagi Ivanovo onalik va bolalik ilmiy tadqiqot institutining klinik immunologlari rus maktabi bilan hamkorlikda amaliy shifokorlar uchun navbatdagi “Immunokorreksiya terapiyasi: kimga, nimaga, qachon va qancha” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  

Konferensiyada immun tizimining ko‘plab patologik jarayonlarda faoliyati, ekzogen, endogen va kimyoviy jihatdan toza immunomodulyatorlardan klinik amaliyotda foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi. Unda 100 dan ziyod mutaxassis shifokorlar ishtirok etdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!