Joriy yilning 10 iyulidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 22- maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to'g'risida Nizom” talablarining amaldagi ijrosini nazoratga olish maqsadida Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda tahsil olayotgan doktorantlar hamda tayanch doktorantlar faoliyati monitoringini o'tkazish jarayonlari boshlangan.
Tadqiqotchilar faoliyati monitoringini o'tkazish davri 2023 yilning 10-22 iyul kunlariga belgilangan.
Monitoring jarayonida Ishchi guruh ishtirokida 699 nafar tayanch doktorant (ПҳД), 87 nafar doktorantlar (ДСc) bilan tasdiqlangan shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, ilmiy faoliyatda mavjud bo'lgan muammo va takliflar to'g'risida suhbatlar o'tkazilmoqda hamda kerakli tavsiyalar berilmoqda.