Fanlar akademiyasi U.袗. 袗rifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan fundamental loyiha doirasida joriy yilda amalga oshirilishi ko始zda tutilgan kompyuterda modellashtirish maktabini shakllantirish maqsadida yetakchi olimlar ishtirokida seminar-trening (workshop) tashkil qilindi. Mazkur “Innovatsion ilmiy tadqiqotlarda kompyuter eksperimentining istiqbollari” mavzusidagi seminar-treningni o始tkazishdan asosiy maqsad ilmiy tadqiqotchilarda fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish orqali tadqiq qilish bo始yicha ko始nikmalarni shakllantirishdan iborat. Bu kabi seminarlar kelajakda tadqiqot institutlari hamda oliy o始quv yurtlarida dunyodagi ilg始or ilmiy markazlardagi kabi yuqori darajadagi hisoblash/modellashtirish muhitini yaratish imkonini beradi.

.jpg)
Ushbu seminar-treningda 40 yoshgacha bo始lgan yigirmaga yaqin yosh tadqiqotchilar tinglovchi sifatida ishtirok etmoqda. Tadbirni samarali o始tkazish uchun mahalliy ekspertlardan tashqari xorijiy ekspertlar ham jalb qilingan. Xususan, ushbu tadbirda 袗ntverpen universiteti (Belgiya) yuqori samarali superkompyuter klasterlarida tadqiqotlar olib borish va ulardan samarali foydalanish bo始yicha bosh mutaxassis Karel Venken ham asosiy ma始ruzachi sifatida ishtirok etmoqda.
Seminar-trening doirasida mahorat darslari ham rejalashtirilgan.