馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimi va uni takomillashtirish masalalari tahlil qilindi


Fanlar akademiyasida Vazirlar Mahkamasi, tegishli tizim tashkilotlari va  mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan iqtisodiy o'qishda FA Ilmiy kadrlar bo'limining 2019-2023 va 2024-yillar holati bo始yicha ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimi va uni takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

  

Fanlar akademiyasi tizimida jami 5343 nafar xodim (o始rtacha yoshi — 46), shu jumladan 2834 nafar ilmiy xodim (o始rtacha yoshi — 47,3), ulardan 494 nafar fan doktorlari (DSc) (o始rtacha yoshi — 56), 334 nafar fan nomzodi (o始rtacha yoshi — 57,3) va 511 nafar falsafa doktori (PhD) va (o始rtacha yoshi-38) faoliyat yuritmoqda.

2025 -yil holati bo始yicha Fanlar akademiyasi tizimida 32 ta tashkilotda oliy ta始limdan keyingi ta始lim institutlari tashkil etilgan. Bugungi kunda mazkur tashkilotlarda jami 916 nafar, jumladan, 82 ta doktorant, 746 nafar tayanch doktorant, 88 nafar stajyor-tadqiqotchi va 130 nafar mustaqil izlanuvchilar tahsil olmoqda.

Bugungi kunda oliy ta始limdan keyingi ta始lim jarayoni quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boriladi: 
1. O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli "Oliy o始quv yurtidan keyingi ta始lim tizimini yanada takomillashtirish to始g始risida"gi Farmoni;
2. O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son "Oliy ta始limdan keyingi ta始lim tizmini yanada takomillashtirish to始g始risida"gi qarori;
3. O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 06-noyabrdagi 696-sonli “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta始minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to始g始risida” qarori.

Iqtisodiy o始qish davomida Kadrlar bo始limi rahbari Dilorom To始rayeva tomonidan Fanlar akademiyasi tizimidagi doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilar institutining 2019-2024-yillardagi samaradorligi to始g始risida tahliliy ma始lumotlar berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!