Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish – iqtisodiy o'sish garovi


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3855-sonli qarori e'lon qilingandan keyin FA Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan g'o'zaning ikkita yangi “Niyat” va “Xurma” navlari tijoratlashtirishga tavsiya qilindi. Xorazm viloyatida yangi tashkil qilingan Tuproqqal'a tumani Tuproqqal'a massivida 1047 gektar maydonga “Niyat” navi urug'lari qadaldi. Vegetatsiya davrining dastlabki kunlaridan yaxshi unuvchanlik, o'sish, generativ organlar shakllantirish xususiyatlarini namoyon qilgan g'o'zaning hosili 20-sentyabrdan yig'ib-terib boshlandi.

 

Shu o'tgan yig'im terim davrida jami 1600 tonnadan ortiq hosil yig'ildi. 38 fermer xo'jaligidan 17 fermer xo'jaligi birinchi terimda shartnoma shartlarini ortig'i bilan bajargan bo'lsalar, yana 16 fermer xo'jaligi shartnoma shartida ko'rsatilgan hosilning 50% dan ortig'ini klasterga, xususan, “Durvadik” f/x shartnoma rejasini 207.58% ga bajarib, gektaridan 70 sentner, “Anvarbek” f/x 180,96% ga bajarib, gektaridan 57.1 sentner paxta hosili topshirdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!