Navoiy shahrida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining ishlanmalari ko始rgazmasi hamda “Fan, ta始lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi – rivojlanish va taraqqiyot garovi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o始tkazildi.



Ushbu ko始rgazma va xalqaro konferensiyani o始tkazishdan ko始zlangan asosiy maqsad – mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, qishloq xo始jaligi, kimyo sanoati, tog始-konchilik, farmatsevtika sohalarini rivojlantirishdagi salmoqli ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda yangi texnologiyalarni tadbiq etish, mavjudlarini takomillashtirish.
Ko始rgazmada Fanlar akademiyasining 20 ga yaqin ilmiy tashkilotlari olimlarining 100 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi.

Shuningdek, ko始zrgazmada Navoiy viloyatida joylashgan yirik sanoat korxonalari hamda qishloq xo始jaligi klasterlari vakillari va fermerlar, jami 200ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.
Bundan tashqari, xalqaro konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Bolgariya, Latviya, Belarus, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Belgiya davlatlari hamda Tojikiston, Qozog始iston va Qirg始iziston Respublikalari ilmiy-tekshirish institutlari, ilmiy markazlari olimlari onlayn va oflayn ishtirok etdi.
Mazkur ko始rgazma va xalqaro konferensiya olimlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, so始nggi ilmiy ishlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta始minlash imkonini beradi.