Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

ILMIY HAMKORLIKDA YARATILGAN KITOB


     Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulviy va Xorazm Maʼmun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Umid Bekmuhammadlar hammuallifligida yangi kitob nashr etildi.

      Urganch shahridagi “Ogahiy” nashriyotida chop etilgan kitob “Maqsud Shayxzoda va uning “Jaloliddin Manguberdi” dramasi” deya nomlanadi. Asarda ozarbayjon va oʻzbek xalqlari orasidagi doʻstona aloqalar, Maqsud Shayxzodaning  qardosh Ozarbayjon diyoridan Oʻzbekistonga kelishi tafsilotlari, ijod va ilm olami  boʻyicha yaratgan asarlari, shu jumladan “Jaloliddin Manguberdi” dramasini yaratishga undagan sabablar, voqealar va dramaning yozilish jarayoni haqida hikoya qilinadi.

     Dramaning sahnalashtirilishi, bu borada yetuk aktyorlar va sanʼatshunoslarning eʼtiroflari, 1950-yillardagi qatagʻon siyosati davrida Shayxzodaning qamalishi va ozodlikka chiqqach yaratgan badiiy va ilmiy asarlari boʻyicha ham kitobda mulohaza yuritilgan.

      Hammualliflar tomonidan yaratilgan kitobda Oʻzbekiston Qahramonlari   Abdulla Oripov, Ozod Sharafiddinov, Ibrohim Gʻafurov,  akademik Naim Karimov, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, filologiya fanlari doktori Xalil Rizo, yosh, iste’dodli yozuvchi Javlon Jovliyev va boshqalarning Maqsud Shayxzoda ijodiga bergan yuksak baholari ham keltirib oʻtilgan.

         Kitob Xorazm viloyat maʼnaviyat va maʼrifat kengashi “Jaloliddin Manguberdi” fondi  homiyligida nashr etilgan.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!