Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilmiy hamkorlik aloqalari: O‘zbekistonlik talabalar Kunming Botanika Institutiga yetib borishdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika Instituti bir necha yillar davomida Xitoy fanlar akademiyasi Kunming Botanika Instititi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Dastlabki yirik hamkorlik natijalaridan biri O‘zRFA Botanika institutida ikki davlatning “Molekulyar filogeniya va Biogeografiya” nomli qo‘shma laboratoriyasi faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari hozirgi kunda 3 nafar PhD va yana 4 ta talaba magistrlik darajasini olish uchun Xitoy Fanlar Akademiyasi Universitida ta'lim olmoqdalar. Bo‘lib o‘tgan pandemiya sababli, birmuncha tanaffusdan so‘ng, hamkorlik doirasida O‘zbekistonlik talabalar o‘qish va ilmiy tadqiqotlarini davom ettirish uchun Kunming Botanika Institutiga yetib bordilar.

Kunming Botanika Instituti direktori prof. Sun Hang va Gerbariy mudiri prof. Deng Taolar ilmiy rahbarlik doirasida O‘zbekistonlik talabalar bilan ushrashuv o‘tkazdilar. Mazkur uchrashuv davomida, har bir talaba hozirga qadar ilmiy tadqiqot doirasida qanday ijobiy natijalarga erishilganligi, hamda yil davomida tadqiqotlarni izchil davom ettirish uchun rejalar tuzish borasida so‘z bordi.Hozirda ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish ustida O‘zRFA Botanika Instituti ilmiy kengashi raisi Komiljon Tojibayev va Molekulyar Filogeniya va Biogeografiya laboratoriyasi mudiri Ziyoviddin Yusupovlar izchil ilmiy-amaliy ishlar olib bormoqdalar.

 

 

Kunming Botanika Instituti direktori prof. Sun Hang va O’zR FA Botanika instituti xodimlari bajariladigan vazifalarni belgilab olishdi (Xitoy, Kunming shahri)


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!