Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm sarchashmasida yana bir ayol


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tayanch doktoranti Lola Saidova 04.00.10 – “Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish)” ixtisosligi bo‘yicha “Chuqur karyerlarni yanada rivojlantirishda kon massani tashishning maqbul texnologik sxemasini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu bilan birga u nafaqat Bo‘limning birinchi falsafa doktori, balki, yosh olimalari ichida ham birinchilardan dissertasiyasini himoya qilgan olimasi bo‘ldi.

Uning tadqiqotning maqsadi chuqur karyerlarning quyi hududida og‘ir yuk tashuvchi avtosamosvallar yordamida kon massasini tashishning maqbul texnologik sxemasini ishlab chiqishdan iborat edi. Tadqiqot davomida L.Saidova tomonidan quyidagi ishlar bajarildi. Avtosamosvallarning ish samaradorligi yo‘lning qiyaligi, transportning o‘rtacha tezligi hamda karyer avtomobil transportini rejalashtirish kabi omillarni inobatga olgan holda texnologik transport ishining matematik modeli ishlab chiqildi. Avtotransportning umumiy hajmiga ta'sir qiluvchi, bu esa o‘z navbatida, chuqur karyer va qazib olinadigan kon massasining hajmiga ta'sir qiluvchi transport bermasining kenglik parametrlari aniqlandi. Ekskavator-avtomobil kompleksini texnik qayta jihozlashda 180-220 tonnali yuk ko‘tarish quvvatiga ega avtosamosvallar o‘tish va joriy etish ishlari chuqurligini oshirib, uni boshqarish tizimi takomillashtirildi. Chuqur karyer gorizontlarida og‘ir yuk ko‘taruvchi avtosamosvallardan foydalangan holda kon massasini tashishning texnologik sxemalarini qo‘llashning maqbul sohasi aniqlandi.

Shuni ta'kidlash joizki, L.Saidovaning doktorlik ishi NKMKning chuqur Muruntau karyerida amaliyotga tadbiq etildi.

Ilmiy kengashning barcha a'zolari L.Saidovaga texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bir ovozdan ma'qulladilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!