Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan yutuqlari – xalq farovonligi yo‘lida


Xorazm Ma’mun akademiyasida “Ilm-fan – farovonlik sari” shiori ostida olimlar, tadqiqotchilar hamda ilmiy izlanuvchilarning ilmiy ishlanmalari, innovatsion loyihalari va fundamental tadqiqotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda mahalliy aholi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xorijiy mehmonlar, talabalar hamda yosh olimlar ishtirok etdilar.

 

 

Tadbirning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish, olimlar va tadqiqotchilar erishgan yutuqlarni keng jamoatchilikka tanishtirish, ularni hayotga joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatish, shuningdek, yosh avlodda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish.

Mazkur ko‘rgazmada akademiya olimlari tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar natijalari, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan mahsulotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi g‘oyalar taqdim etildi. Ko‘rgazma ishtirokchilariga har bir ilmiy loyihaning amaliy ahamiyati, qo‘llanilishi, innovatsion yechimlar orqali jamiyat farovonligiga qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ko‘zgazma nimani beradi?

  • Olimlar va tadqiqotchilar yaratgan innovatsion mahsulotlar keng auditoriyaga yetkaziladi;
  • Yoshlar ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun yangi maqsadlar belgilashadi.
  • Taqdim etilgan ishlanmalar orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga yangi yechimlar taklif etiladi.
  • Ilmiy natijalarni real hayotga tadbiq qilish imkoniyatlari kengayadi.

Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!