馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan yo鈥檘otishlari: o鈥檛ganlar yodi


2020-yil ham o’z nihoyasiga yetib bormoqda. Yil sarhisobi. Bu garchi chiroyli raqamlarda aks etsada, g’oyat og’riqli. Yil o’zbek ilm-fanining ko’pgina vakillarini oramizdan olib ketdi.

 

Fizik-matematika sohasidagi yirik olimlardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Muxtor Saidov 90 yoshida vafot etdi.

 

Avtomatika va axborotlashtirish sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi 袨‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdullayev Jo'ra Abdullayevich 93 yoshida vafot etdi.

 

FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, manbashunos, muzeyshunos olim, tarix fanlari nomzodi, dotsent  Habibullayev Nozim Nasibullayevich 69 yoshida vafot etdi.


Biofizikaning O’zbekistondagi asoschilaridan biri, dunyo miqyosida tanilgan yirik olim, 袨‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Toshmuxamedov Bekjon Oybekovich 85 yoshida vafot etdi.

 

Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya sohasidagi taniqli olim, O'zR FA akademigi Sattor Tursunmuxamedov 91 yoshida vafot etdi.

 

Respublikamizning g'o'za sistematikasi va filogeniyasi sohasidagi yetuk olima Safiya Mamedovna Rizayeva 76 yoshida vafot etdi.

 

Fizika-matematika fanlari doktori, yadro fizikasi sohasida yetuk mutaxasis olim, sevimli ustoz O’zR FA Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi mudiri Zokirjon Kanokov 64 yoshida bevaqt hayotdan ko’z yumdi.

 

O始zR F袗 Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Nanotarkibiy materiallarda optik va elektron jarayonlar laboratoriyasi mudiri, optika sohasida yetuk olim, professor Saidislom Saidg始oziyevich Qurbonov 64 yoshida vafot etdi.


Kimyo-texnologiya sohasidagi taniqli olima, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abidova Muhabbat Fazilovna 89 yoshida vafot etdi.

 

60 yildan ortiq umrini O’zR FA Astronomiya institutiga bag'ishlagan Aliyev Akbar Usmanovich 82 yoshida olamdan o’tdi.

 

Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Rajabov Telman Dadayevich 85 yoshida vafot etdi.

 

Yarimo始tkazgichlar fizikasi sohasining taniqli yosh olimlaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, O始zR F袗 fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi Gulyamov 袗bdurasul Gafurovich 46 yoshida olamdan o’tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi og‘ir judolikka yuz tutdi. “Kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xo‘jaligi” bo‘linmasi rahbari Usmonov Muhiddin Sultonovich 62 yoshida bevaqt vafot etdi.

 

O始zbekistonda xizmat ko始rsatgan fan arbobi, folklorshunos olim, O始zR FA akademigi To始ra Mirzayev 84 yoshida vafot etdi.

 

O'simliklar genetikasi va seleksiyasi bo'yicha yirik mutaxassis, O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri Miradham Fuzailovich Abzalov 79 yoshida olamdan o'tdi.


Qoraqalpog始iston fanining yirik namoyandasi, faylasuf olim, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Jumanazar Bazarbayev 87 yoshida vafot etdi.
 

O始zbekiston Qahramoni, taniqli arxeolog G始ayratdin Xojaniyazov 72 yoshida vafot etdi.

 

Respublikamizda mexanika sohasi rivojlanishida katta hissa qo'shgan yetuk olim, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi”, Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi davlat mukofoti sovrindori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O’zR FA akademigi Tursunbay Rashidov 86 yoshida vafot etdi.

 

Fizika-matematika fanlari doktori, yadro fizikasi ilm fanining zabardast ustunlaridan biri, yetuk olim, sevimli ustoz, O’zR FA Yadro fizikasi instituti Nazariy yadro fizikasi laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi, professor Raxim Yarmuxamedov 77 yoshida hayotdan ko’z yumdi.

 

O始zR F袗 Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi, iste始dodli turkolog 袗ndrey Kubatin 36 yoshida vafot etdi.

 

Iqtisod sohasidagi yirik olim, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ibragimjon Iskanderov 88 yoshida vafot etdi.

 

Mehnat iqtisodiyoti va mehnat resurslaridan foydalanish muammolari sohasida yetakchi olima, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ubaydullayeva Ra始no 袗xatovna 84 yoshida vafot etdi.

 

Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasida yirik olim, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi 袗sqarov Mirxodji 89 yoshida vafot etdi.

 

Insondagi beminnat fazilatlar el-yurtiga qilgan xizmatida, kasbiga fidoiylik bilan qarashda namoyon bo‘ladi. Har bir mamlakat tarixini yorqin insonlar belgilaydi. Ular hayoti, zehni, bilimi, ma'naviy 褏ususiyatlari, izlaridan ergashtirish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi. Ular shunday insonlar edi.

 

O’tganlarning oxiratlari obod bo’lsin!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!