Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan va yoshlar muloqoti: Shavkat Ayupov Toshkent davlat agrar universitetida


“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Universitetning ilmiy-ta’limiy faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar, loyihalar hamda yosh tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida akademik Shavkat Ayupov Universitet olimlari va talaba-yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi. 

  

Uchrashuvda olim o‘zining ilmiy faoliyati, ilm-fan yo‘lidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni izlanishdan to‘xtamaslikka, tanlagan sohasida chuqur bilim va malaka egallashga da’vat etdi. Ayniqsa, agrar sohada ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va resurslardan samarali foydalanish yo‘nalishlaridagi izlanishlar mamlakat agrar sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Uchrashuv yakunida akademik Shavkat Ayupov yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda Fanlar akademiyasi har doim hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!