Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan va sanoat kooperatsiyasi masalalari muhokama qilindi


Fanlar akademiyasi Direktorlar kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Fanlar akademiyasi rahbarlari, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining direktor oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari hamda ilmiy tashkilotlar direktorlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamda Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlari oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari koʼrib chiqildi. Bunda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va mahalliy mahsulotlar ulushini oshirishga alohida urgʼu berildi.

Shuningdek, Аkademiya tizimidagi ilmiy tashkilotlar va ilmiy xodimlar faoliyatini baholashning zamonaviy mexanizmlari — reyting va KPI (asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari) tizimini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!