O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “O始zbekiston texnologik metalllar kombinati” aktsiyadorlik jamiyati o始rtasida fan, ta始lim va innovatsion rivojlanish sohasida o始zaro hamkorlik to始g始risida Memorandum imzolandi.


Ushbu hujjat yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish, konchilik, metallurgiya, materialshunoslik va kimyo sohalarida ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida imzolandi. Tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yo始lga qo始yish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta始lim dasturlarini rivojlantirish va fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni maqsad qildilar.
Hamkorlikning asosiy yo始nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
xalqaro laboratoriyalar va ilmiy tadqiqot institutlari ishtirokida qo始shma ilmiy-tajriba ishlari va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish;
xorijiy tajriba asosida xalqaro standartlarga muvofiq ta始lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
talabalar va mutaxassislar uchun xorijiy ta始lim muassasalari va korxonalarda stajirovkalar, amaliyotlar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
texnologiyalar transferi va korporativ venchur dasturlarini tashkil etish orqali innovatsion startaplarni qo始llab-quvvatlash va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqishga ko始maklashish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish orqali qo始shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish.
Memorandum doirasida sanoat uchun innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida ilmiy-ishlab chiqarish konsortsiumlarini tashkil etish, xalqaro forumlar, konferensiyalar va seminarlarni tashkil etishga alohida e始tibor qaratilmoqda.
Memorandum 3 yil muddatga tuzilgan bo始lib, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Hujjat har ikki tomonning hamkorlikni chuqurlashtirish, ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish va mahalliy kon-metallurgiya sanoatining raqobatbardoshligini oshirish bo始yicha intilishlarini aks ettiradi.