Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm-fan va investitsiya: yangi xalqaro markaz tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga xitoylik tadbirkorlar hamda Xitoy qurilish akademiyasi Shinjon filiali olimlari tashrif buyurdi.

 

Uchrashuvda Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, vitse-prezident Shahlo Turdiqulova hamda Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev ishtirok etib, ikki tomonlama ilmiy va investitsion hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar tomonidan mamlakatimizda ilm-fan rivojiga qaratilgan islohotlar, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi hamda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Mazkur uchrashuv joriy yil 18-mart kuni O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida o‘tkazilgan davra suhbatining mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu tadbirda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda FA Navoiy bo‘limi raisi Abdurazak Mirzayev ishtirok etgan edilar.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston tomonidan Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ishtirokida “Ilm-fan, savdo va investitsiyalar integratsiyasi” O‘zbekiston–Xitoy xalqaro markazini tashkil etish taklifi ma’qullandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!