Bugun, 10-dekabr kuni 袗xborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Ilm-fan va innovatsiya rivoji bugungi kun talabiga javob beradimi?" mavzusida matbuot anjumani bo始lib o始tdi. Matbuot anjumanida 2020-yil 3-dekabr kuni O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida oliygoh, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar”ga bag始ishlangan yig始ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Unda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta始lim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.
Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G始ayrat Bahodirov olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar to始g始risida gapirar ekan, “7-9-dekabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy tashkilotlar, xususan, F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilgan iqtisodiyotning u yoki bu tarmoqlariga joriy etishga tayyor bo始lgan ilmiy ishlanmalar taqdimoti o始tkazildi. Hozirda ular birgalikda qizg始in ishlar olib borilmoqda. Man o始ylamanku, bu albatta, tez orada o始z natijasini beradi” dedi.

Shuningdek, anjumanda olimlar tomonidan yaratilayotgan ishlanmalar, ularning amaliyotga kam joriy etilayotganligi va buning sabablari, tashkilotlar oldidagi muhim vazifalar muhokama qilindi. Jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
