袗yolni e始zozlash, ularga farzandlarimiz tarbiyachisi, oilalarimiz tayanchi sifatida hurmat-ehtirom ko始rsatish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko始tarildi. Jamiyatimizda ayollarning o始rni va mavqei ham yildan yilga oshib bormoqda.

Hozirgi kunda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida jami 4761 nafar xodimlar faoliyat ko始rsatayotgan bo始lsa, shulardan 1905 nafari ayollarni tashkil qiladi. Jami 2146 nafar ilmiy xodimdan 695 nafari ayollar bo始lib, jumladan, 7 nafar akademik, 90 nafar fan doktori, 250 nafar fan nomzodlaridir. Ko始rinib turibdiki, xotin-qizlarimiz mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha jabhasida munosib faoliyat yuritmoqda. Ular nafaqat, kelajak avlodni kamol toptirishda, balki ilm-fan, ta始lim, sog始liqni saqlash sohasida, sanoat va qishloq xo始jaligini rivojlantirishda o始z hissalarini qo始shib kelmoqdalar.

Shuningdek, F袗 tizimidagi eng yirik ilmiy-tadqiqot muassasalaridan hisoblangan Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Immunologiya va inson genomikasi instituti, O始zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda F袗 Fundamental kutubxonasi rahbarlari ayollar ekanligi quvonarli. Bu esa jamiyatimizda ayollarning mavqei ortayotganidan va mamlakatimiz rivojida ularning o始rni alohida ekanligidan dalolat beradi. Mehnatsevar, aqlli, jonkuyar ayollarimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz va Vatanimiz ravnaqi yo始lida xormay-tolmay mehnat qilishlariga tilakdoshmiz!