Joriy yil 3 mart kuni O始zR F袗 Yadro fizikasi institutida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bugungi kunda viloyatda faol ish olib borayotgan meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan agroklasterlar rahbarlari, tuman hokimlari ham qatnashdi.
– Qishloq xo始jaligi sohasi bugun olimlarning maslahati va yangi ishlanmalariga nihoyatda muhtoj. Viloyatda tashkil etilgan meva-sabzavotchilik klasterlari jahon bozori uchun raqobatbardosh, ekologik talablarga javob beradigan mahsulot yetishtirishi, shuningdek, tola sifati yuqori bo始lgan paxta navlarini yetishtirishi juda muhim – dedi viloyat hokimi Rustam Xolmatov.
Uchrashuvda Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev keyingi yillarda mamlakatimizda ilmiy jamoatchilik o始tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar fan-texnika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga tadbiq etishda muhim o始rin tutishini va bu borada olimlar hamisha hamkorlikka tayyor ekanligini ta始kidladi.

Tadbir davomida O始zR F袗 olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar ko始rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, F袗 Yadro fizikasi instituti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, radiopreparatlar, tibbiyotda qo始llaniladigan mahsulotlarga radioatsiyaviy ishlov berish markaziga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida F袗 Yadro fizikasi instituti direktori Ilxom Sodiqov Markaz faoliyati haqida gapirar ekan, ushbu Markaz respublikamizning sterillangan tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlariga bo始lgan ehtiyotini to始liq qamrab olishini ta始kidlab o始tdi.
