馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ilm ahli doim izlanishda bo始lishi darkor!


Manba: mininnovation.uz

Men Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e始lon qilingan tanlovlardan birida ishtirok etib, “Ichak yallig始lanish kasalliklarining oldini olish va davolash uchun yangi biopreparat ishlab chiqish” mavzusida loyiha ilmiy rahbari sifatida tanlovda g始oliblikni qo始lga kiritdim. Shu bois ham loyihalar uchun mavzular e始lon qilish, tanlovning o始tkazilishi tartibi, tanlov shartlari, loyiha ilmiy rahbarining oldiga qo始yiladigan talablardan xabarim bor. 袗lbatta, loyiha yutib olishim oson bo始lmagan. Chunki loyihaning natijasi aniq mahsulotga qaratilgan bo始lishi va u mahsulot loyiha tugaganidan so始ng tijoratlashtirilishi kerak. Ekspertlar va Ilmiy-texnik kengash oldida loyiha taqdimoti jarayonidagi savol-javoblar , hatto, o始zimiz uchun yangilik bo始ldi, ularni o始zlashtirdik, yangi talablar va imkoniyatlarni kashf etdik. Ilmiy-texnik kengash a始zolari loyihamizning har bir jarayoni yuzasidan aniq harakatlarimiz haqida so始rab, shu asosda ilmiy rahbarligimdagi loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.

 

Keyinchalik Ilmiy-texnik kengash a始zosi sifatida ham majlislarda ishtirok etdim. Kengash faoliyati olimlarni o始z ustida ishlashga, fanning yangiliklari, ilmiy izlanishlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun aniq tijoratlashtiriladigan mahsulotlardan boxabar bo始lish, har bir loyihani ekspert sifatida baholash uchun ushbu mavzudagi jahon tajribasini o始rganishga, tahlil qilish va taqqoslashga undaydi. 袗lbatta, bu jarayon olimning salohiyati, bilimini yanada oshiradi.

 Loyiha bizga samarali ishlash imkoniyatini berdi. 袗sosiy loyihamiz mavzusi bo始yicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo始ldik. Hozirda qishloq xo始jaligi va veterinariya bo始yicha ikkita ishlanmamizni sinovdan o始tkazyapmiz. Shu yilda 2 ta yangi patent oldik va yana bitta foydali patentni rasmiylashtirishga tayyorladik. Biokonservant ishlab chiqarishga yo始naltirilgan qishloq xo始jaligi uchun ishlanmamizni 3 xil yo始nalishda — turli yem-xashak turlarini silos va senaj qilish uchun biokonservant, quruq mevalarni konservatsiyalash va biostimulyator sifatida – sinadik va yaxshi natijalar oldik. Shuningdek, chorvachilik sohasida mahalliy xom ashyo va bakteriyalar asosida yangi ozuqa qo始shimchasi ishlab chiqib, baliqchilik va quyonchilikda sinadik. Bunday biopreparatlar hali O始zbekistonda mavjud bo始lmagani bois, ularni yaratish juda muhim sanaladi. Hozir tadqiqotlar davom etmoqda.

Shu o始rinda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O始zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar to始g始risidagi nizom” tasdiqlanganini ham qayd etmoqchiman. Hujjatda Ilmiy-texnik kengashning asosiy vazifalari va funktsiyalari, raisi va a始zolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, ITK faoliyatini tashkil etish masalalari aniq belgilab berilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri boshchiligida Ilmiy-texnik kengash tarkibini rotatsiya qilishga bag始ishlangan majlisda rotatsiya qilinish sabablari, Kengash faoliyatiga jalb qilinadigan olimlar va ularning salohiyati haqida tushuntirildi. Ilmiy-texnik kengash a始zolari oldiga eng avvalo halollik vaktsinasini qabul qilish vazifasi qo始yilib, Kengashga ko始rish uchun berilgan loyihalarni shaffof, odilona, obyektiv ko始rish kerakligi tushuntirildi. Bu esa bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir.

Ilmiy-texnik kengash a始zolariga bugungi kundagi O始zbekiston fani tendentsiyasi, vazirlik tomonidan e始lon qilinayotgan loyihalar uchun tanlovlar tizimi bo始yicha olimlar o始rtasida tushuntirish ishlarini olib borish kerakligi aytilib, bu borada olimlarni jamiyatning faol ishtirokchisiga aylanishlari uchun chorlashimiz, ularning publikatsion faolligini oshirish, mahalliy ilmiy jurnallarimiz bilan bir qator chet elning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishlarida asosiy yetakchi bo始lishimiz tushuntirildi. Binobarin, loyihalarda qo始yiladigan talablardan biri Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola nashr qilingan bo始lishi kerak. 袗fsuski, bugungi kunda bunday jurnallarda aksariyat olimlarimiz nashr qilishga erishmagan yoki buning imkoniyati yo始q deb hisoblaydilar. Vazirlik bu masalani ham hal qilib qo始ygan, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Proofreading service xizmati tashkil etilgan bo始lib, unda aynan shu bazaga kiruvchi jurnallar uchun maqolalarni tayyorlash borasida olimlarga bepul xizmat ko始rsatiladi. 袗fsus, bu haqida ham ko始pchilik olimlar bexabarligi ma始lum bo始ldi. Shu o始rinda aytib o始tmoqchimanki, vazirlikning rasmiy saytida e始lon qilinadigan yangiliklardan muntazam ravishda xabardor bo始lib turishimiz kerak.

 Yosh olimlarga esa aytadigan gapim: o始z kuchingiz, qilayotgan ishingizga ishoning, orqaga chekinmang, isbotlang, tasdiqlang, lekin tushkunlikka tushmang! Ilm ahli doim izlanishda, harakatda bo始lishi darkor!

 

Go始zal Qutliyeva,

O始zR F袗 Mikrobiologiya instituti xodimi,

“Qishloq xo始jaligi, veterinariya va atrof muhitni muhofaza qilish fanlari”

bo始yicha Ilmiy-texnik kengash a始zosi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!