馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Illinoys universiteti (袗QSh) tadqiqotchisi ishtirokida onlayn seminar


O始zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining taklifiga binaon 袗QShning Illinoys universitetining tadqiqotchisi doktor Muhammad 袗li Johar (Muhammad Ali Johar) ishtirokida onlayn ilmiy-seminar o始tkazildi. Unda doktor Muhammad 袗li Johar “Kubsimon GaN - samaradorligi pasaymaydigan yashil svetodiodlar olish uchun potentsial nomzod” (“Droop-Free Green LED: Cubic GaN a Potential Candidate”) mavzusida ma始ruza qildi. Seminarda Institut ilmiy xodimlari, yosh olimlar va FA boshqa tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

 

Ushbu seminarda 袗li Johar kvantlangan Shtark effekti ta始sirini so始ndirish maqsadida, monokristalli kubsimon galliy nitridini qo始llash asosida samaradorligi keskin pasaymaydigan yashil svetodiodlarni ishlab chiqish sohasidagi o始zining ilmiy natijalarini taqdim etdi. Institut tadqiqotchilarida kremniy hamda kvarts tagliklarida kubsimon galliy nitridini o始stirish bo始yicha amerikalik olim qo始llagan uslub katta qiziqish uyg始otdi. Taqdimotdan so始ng 袗li Johar seminar ishtirokchilarining savollarga javob berib, qiziqish bildirgan yosh olimlarni 袗QShning Illinoys Universitetidagi o始zi ishlayotgan va boshqa laboratoriyalarda ilmiy amaliyot o始tashga taklif qildi.

Ma始lumot o始rnida, Doktor 袗li Johar hozirda Illinoys shtatidagi Illinoys universitetining mashhur Nik Xolonyak nomidagi mikro- va nanotexnologiyalar laboratoriyasining ilmiy xodimidir. Bu laboratoriyada uzoq yillar davomida (1951-1991-yillar) umrining oxirigacha fizika sohasida ikki karra Nobel mukofoti laureati professor Djon Bardin ishlagan. Birinchi Nobel mukofotini u 1956-yil tranzistor uchun, ikkinchisini esa 1972-yilda oddiy o始ta o始tkazuvchanlarning mukammal nazariyasini yaratgani uchun qo始lga kiritgan. 袗li Johar tadqiqotlar olib borayotgan mashhur laboratoriyada 1962-yil Nik Xolonyak tomonidan jahonda birinchi ko始rinuvchi sohadagi lazer hamda svetodiod yaratilgan. Nik Xolonyak professor Djon Bardinning Illinoys universitetidagi birinchi aspiranti bo始lgan.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!