Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi


2018-yil 16-may kuni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekistonni 2021-yilgacha rivojlantirish strategiyasi kontekstida ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgarishlarning o‘ziga xosliklari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi direktori, YUNЕSKOning MOST dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy qo‘mitasi raisi, O‘zR FA akademigi, i.f.d., prof. R.A.Ubaydullayeva seminarni ochar ekan, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash, ahloqiy mezonlarni shakllantirish va millatning intellektual salohiyatini oshirish 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, seminarda sotsiologiya va huquq, iqtisod, psixologiya, tarix hamda etnografiya sohasida ishlayotgan olim-mutaxassislar, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, OAV lari vakillari qatnashdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!