Ichan qal始a muzey qo始riqxonasi hududidagi yer ostidan o始tgan oqova suv tarmog始i (kanalizatsiya) quvurlarini ta始mirlash bilan bog始liq qurulish va qazish ishlari vaqtida so始nggi xonlik davriga oid (XIX asr) bo始lgan oqova suv qudug始i aniqlandi. Quduq muzey qo始riqxona hududining markazida, Matpanoboy madrasasining shimoliy-sharqiy burchagida joylashgan.


Quduqning diametri 190 sm bo始lib, chuqurligi saqlanib qolgan joyigacha 195 smni tashkil qiladi. Quduq pastdan yuqoriga tomon torayib yuqori qismi gumbazsimon ko始rinishda yopib qo始yilgan. Quduqning eng yuqori qismida g始arb tomondan ichi yashil tusdagi bo始yoq bilan sirlangan sopol quvurlar tarmog始i kelib ulangan. Quduq devorlari ancha yaxshi saqlangan. Quduq uchun ishlatilgan g始ishtlar 30x30x5 sm hajmga ega.