Xorazm Maʼmun akademiyasi hamda “Ichan qalʼa” muzey-qoʼriqxonasi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik memorandumi asosida Xorazm Maʼmun akademiyasining bir guruh olimlari muzey-qoʼriqxona fondidagi noyob qoʼlyozma manbalarni raqamlashtirish ishlarini boshladilar.
Maʼlumot oʼrnida, muzey-qoʼriqxona fondi Аrab Muhammadxon madrasasida joylashgan. Fondda 400 dan ortiq noyob manbalar mavjud boʼlib, olimlar zahmati va saʼy-harakatlari tufayli ular xalqimiz foydalanishi uchun qulay tarzda elektron platformasiga joylashtiriladi. Ilmiy tadqiqotlar davomida aniqlangan eng noyob qoʼlyozmalarni Xorazm Maʼmun akademiyasi tarkibidagi doimiy muzey-ekspozitsiyasiga qoʼyish rejalashtirilmoqda. Pirovardida, millatimizning koʼp asrlik tarixi, adabiyoti, madaniyat va maʼrifatiga oid noyob qoʼlyozmalar kelajak avlodga zarar yetmagan holda yetkazilishi taʼminlanadi.