O’zR FА Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, professor Qahramon Rajabovning “Ibrohimbek qoʼrboshi” nomli kitobi nashr etildi.
Monografiyada Sharqiy Buxoro hududida sovet davlati va uning harbiy kuchlari boʼlgan qizil armiyaga qarshi uzoq yillar mobaynida fidokorona kurashgan oʼzbek laqaylarining mashhur yetakchisi va dohiysi Ibrohimbek qoʼrboshi (1889-1932) va uning jasur safdoshlari faoliyati yoritilgan. Yovqur va mard oʼzbek qoʼrboshilari Rossiya va SSSRning harbiy kuchlariga qarshi, mahalliy xoinlar va sotqinlarga qarshi mardona kurashda yengilsalarda ularning jasorati Turkiston tarixidagi milliy ozodlik harakatlarining eng shonli zarvaraqlarini tashkil qiladi. Kitob arxiv hujjatlari, davriy matbuot materiallari, zamondoshlari xotiralari hamda tarixiy tadqiqotlar tahlili va tadqiqi asosida yozilgan boʼlib, ilovada Ibrohimbek haqidagi xalq qoʼshiqlari va arxiv hujjatlari asliyatda eʼlon qilinmoqda.
Kitob Turkistondagi istiqlolchilik harakati tarixi hamda qoʼrboshilar faoliyati bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʼljallangan.