O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Kimyo fani va sanoatni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi 2 kunlik I Xalqaro o‘zbek-qozoq simpoziumi o‘z ishini yakunladi.
Simpozium davomida 19 ta plenar ma’ruzalar tinglandi, muhokama qilindi va tegishli qaror qabul qilindi, keyingi anjuman 2020- yilda Olmaota shahrida bo‘lishi rejalashtirildi. 30 ta ilmiy maqolalardan iborat to‘plam chop etildi va qatnashchilarga tarqatildi.
Simpozium mehmonlari O‘zR FA kimyo yo‘nalishi institutlari bilan tanishdilar. Shuningdek, Simpozium qatnashchilari uchun diqqatga sazovor joylar bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.