2018-yil 27-noyabr kuni Uzekspomarkazida “Made in Uzbekistan” I Xalqaro eksport koʻrgazma-yarmaskasi ochildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari ham oʻzlarining yangi ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.
Ushbu koʻrgazmani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yoʻnaltirilgan sanoat mahsulotlarini namoyish qilish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.
I Xalqaro eksport koʻrgazma-yarmaskasi 30-noyabrga qadar davom etadi.