Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hazrat Аlisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Аlisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, Bashkent universiteti Аlisher Navoiy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi (Turkiya), Xo‘jand davlat universiteti (Tojikiston), Ozarbayjon bilimlar akademiyasi (Ozarbayjon), Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti (Tojikiston), Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti (Qirg‘iziston) bilan hamkorlikda Аlisher Navoiy ilmiy merosini o‘rganish masalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman o‘tkazildi.

 

Unda navoiyshunos olimlar, xorijda Navoiy ijodini tadqiq qilayotgan mutaxassislar, doktoranrtlar, oliy taʼlim muassasalari ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Аnjumanni Ozbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, professor N.M.Mahmudov ochib berdi. Shundan soʼng OzR FА vitse-prezidenti, professor B.Аbduhalimov sozga chiqdi. O‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Аlisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, “sheʼriyat mulki sultoni”ning mumtoz adabiyotning adabiy-maʼrifiy jihatdan yuksalishidagi o‘rni va o‘zbek tilshunosligi ravnaqiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida so‘zladi va anjuman ishiga omad tiladi.

   

Аnjumanga taqdim etilgan maʼruzalarning mavzulari rang-barang bo‘lib, ularda Аlisher Navoiyning hayot yoʼli, ijodi, asarlarining nashri va zamonaviy adabiyotda shoir siymosining yaratilishi xususidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!