Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Hаyotimni vаrаqlаb...”


 OʼzR FА Sanʼatshunoslik instituti tomonidan atoqli oʼzbek aktrisasi Sora Eshontoʼraevaning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi “Hayotimni varaqlab...” nomli kitobi nashr etildi.

 Kitob oʼziga xos memuarlardan tashkil topgan boʼlib, unda aktrisaning dunyoga kelishidan boshlab bolalik yillari, studiyadagi tahsil jarayoni, professional teatrdagi faoliyati, milliy va jahon dramaturgiyasidagi ijrolari, hamkasblari, atoqli oʼzbek va xorij sanʼatkorlari bilan muloqoti, jamoat ishlaridagi faoliyati, chet mamlakatlarga gastrol safarlari bilan bogʼliq taassurotlari tadrijiy tarzda, muayyan xronologiya asosida yoritiladi. Аyniqsa, ushbu voqealarning aktrisa tilidan hikoya qilinishi xotiralarning tabiiy va haqqoniy, ishonarli chiqishini taʼminlaydi. Oʼquvchi mutolaa davomida sanʼatkor ijodining yangi qirralaridan voqif boʼladi, shuningdek, uning ijodi misolida milliy teatrimizning tarixi, shakllanishi va rivojlanishi bilan bogʼliq qimmatli maʼlumotlarga ega boʼladi.

Kitobga sanʼatshunoslik fanlari doktori Ildar Muxtarov masʼul muharrirlik qilgan. Uni OʼzR FА Sanʼatshunoslik instituti doktorantlari Shohrux Аbdurasulov va Charos Hamidovalar nashrga tayyorladi.

“Hayotimni varaqlab...” deb nomlangan mazkur memuar kitob teatrshunoslar, sahna pedagoglari, tadqiqotchilar, talabalar va oʼzbek teatr sanʼatiga qiziquvchi barcha kitobxonlarga moʼljallangan. Kitob milliy teatrimiz tarixini oʼrganishda ham muhim manba boʼlib xizmat qiladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!