馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

H袗R TOMONL袗M袗 FOYD袗LI T袗NDEM


Ma始lumki, 2018 yil 14 iyulda O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo始yicha qo始shimcha chora-tadbirlar to始g始risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu tijoratlashtirishning asosiy usulluridan biri, bu tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning ta始sischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk ob始ekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa hisoblanadi. Mazkur yo始nalish bo始yicha Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi tomonidan samarali faoliyat olib borilmoqda.
Masalan, joriy yilning 16 sentyabr kuni “Zarafshon Golden Group” MChJ bilan Bo始lim o始rtasida ilmiy-ishlab chiqarish, tadqiqot, tadbirkorlik hamda o始quv metodik yo始nalishlardagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu jamiyat muvaffaqiyatli tadbirkorlik sub始ekti bo始lib, Navoiy viloyatida ko始p xonalik xonadonlar ham qurib kelmoqda.
Shuning uchun ham Navoiy bo始limining patentlari mavjud bo始lgan kvarts qumlarini pul褜satsion kolonnalar yordamida boyitish hamda vakuum sharoitida fosfogips qurilish materiallarini ishlab chiqarish mavzularida innovatsion ishlanmalariga “Zarafshon Golden Group” MChJ katta qiziqish bildirdi. Xozirgi kunda mazkur jamiyat bilan kelishuvlar imzolash haqida muzokaralar olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Navoiy bo始limning raisi 袗.Mirzaev 17-19 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi chog始ida olib borilgan konstruktiv muzokaralar natijasida “Tianye” Xitoy suv tejash kompaniyasi tomonidan yaqinda ikkita taklif yuborilgani maqsadga muvofiq bo始ldi. Ushbu takliflar Bo始lim bilan Navoiy viloyatida 350 gektar maydonda “aqilli” qishloq xo始jaligi parkini hamda tomchilab sug始orish ishlab chiqarish liniyasini barpo etish kabi loyixalarni o始z ichiga olgan. Mazkur kompaniya vakillari loyihalarni ikki tomonlama muhokamalarda ShHTda a始zo davlatlar Hukumat rahbarlari navbatdagi yig始ilishi zamirida taqdimot qilmoqchilar.
袗vval xabar berganimizdek, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari, yetakchi olimlardan tashkil topgan delegatsiya joriy yilning 5-9 sentyabr kunlari Qirg始izistonda ikki davlat Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdilar. Seminar ishtirokchilari Qirg始iziston Respublikasining “Social Tree” jamoa birlashmasi kompaniyasining pavlovniya plantatsiyasiga tashrif buyurishdi hamda Nurota tumanida ham ushbu pavlovniya o始simligina yetishtirish plantatsiyasini tashkil etish haqida kelishildi.
Joriy 16 sentyabrida esa “Social Tree” kompaniyasidan Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi raisi 袗.Mirzaevga nomiga 19-23 sentyabr kunlari Bishkek shahriga yuqorida aytilgan masala bo始yicha tashrif buyurishi uchun taklif keldi.
Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonini jadalashtirish yo始lida har tomonlama foydali hamkorlikka tayyor. Yuqorida aytilganlar buning yorqin isboti.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!