Joriy yil 25-yanvar kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O始zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo始yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz va “O始zarxiv” agentligi tomonidan ikki tashkilot o始rtasida o始zaro hamkorlik qilish bo始yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuv O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O始zbekistonning eng yangi tarixi bo始yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to始g始risida” PQ-3105-son qarori, 2020-yil 9-sentyabrdagi “G始alaba bog始i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-4820-son qarori hamda O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi “O始zbekiston Respublikasi “O始zarxiv” agentligi to始g始risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 72-son qarorida qo始yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tuzildi.