Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Hamkorlik- rivojlanish asosi


2023-yil 12-14-aprel kunlari Toshkentda yosh tadqiqotchilar uchun “Research in action - 2023” uch kunlik xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbir Kembrij Universiteti, British Management Universiteti, OʻzR Fanlar akademiyasining Eng yangi tarix markazi, NGGTU va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan. Konferensiya ochilishida professor S. Saksena (Kembrij University), professor S. Ozog (British Management University), professor M. Rahimov (OʻzR Fanlar akademiyasining Eng yangi tarix markazi), professor X. Hamidov (NGDTU) soʻzga chiqdilar. Bir necha kun davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy va boshqa mamlakatlarning 50 dan ortiq tajribali va yosh olimlari fanlararo tadqiqotlarning turli masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, konferensiyada Kembrij universitetining xalqaro loyihasi va Eng yangi tarix markazining fundamental loyihasi boʻyicha tadqiqot natijalarini taqdim etildi. Umuman olganda, tadbir juda muvaffaqiyatli oʻtdi, turli mamlakatlardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan boʻlishishga imkon berdi, olimlarning akademik integratsiyasiga va yosh tadqiqotchilarning mahoratini oshirishga yordam berdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!