Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

G’O’RO’G’LINING SAFARI-XALQ OG’ZAKI IJODINING GO’ZAL IFODASI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 14 maydagi  “Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda «Go‘ro‘g‘lining safari» nomli kitobni chop etdi. 

O‘zbek xalq og‘zaki ijodida “Go‘ro‘g‘li” turkumiga kiruvchi dostonlar  yuzdan oshadi. Turkumning katta bir qismini Go‘ro‘g‘lining o‘zi hamda Avazxon, Nurali haqidagi dostonlar tashkil etadi. Bu dostonlarda  ko‘proq Avaz va uning farzandlari, Ahmad sardor o‘rtasidagi azaliy ziddiyatlar haqida hikoya qilinadi. Shuning uchun ham “Malla savdogar” va “Go‘ro‘g‘lining safari” qaysidir darajada bir-birini to‘ldiruvchi dostonlar hisoblanadi. 

 “Malla savdogar” dostonining  hozirgacha bir necha variantlari nashr etilgan. Bu variantlar har bir  baxshining dunyoqarashi, epik tafakkuri, mahorati jihatidan bir biridan farq qiladi.

O‘zbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimovdan yozib olingan “Malla savdogar” hamda ilk marta nashr yuzini ko‘rayotgan “Go‘ro‘g‘lining safari” dostonlari   o‘z ijro usuli, ohangi bilan boshqa dostonlardan farqlanib turadi. Ushbu dostonlar bugungi jonli ijro jarayonidan yozib olinganligi, unda qahramonlik, vatanparvarlik g‘oyalari yuksak pardalarda kuylangani muhim ahamiyatga ega.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!