馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Glinozem olishning yangi texnologiyasi


Dunyoda sanoatning tez rivojlanishi, rangli metallarga, jumladan alyuminiyga bo始lgan ehtiyojning keskin ortishiga olib keldi. 袗lyuminiy asosan boksitlardan (alyuminiy miqdori 50%dan ortiq) olinadi, O始zbekistonda bu xom-ashyo cheklangan miqdorda mavjud xolos, lekin, ko始mir konlarining yuqori qatlamidagi ikkilamchi kaolinlar tarkibida 22%gacha alyuminiy mavjud. Har yili 10 mln.tonnadan ortiq ikkilamchi kaolin undagi alyuminiy miqdori kam bo始lganligi sababli texnogen chiqindi sifatida yig始iladi. Shuning uchun mahalliy ikkilamchi kaolinni boyitish va undan glinozem (alyuminiy oksidi) ishlab chiqarish eng dolzarb ilmiy masalalardan hisoblanadi.

 Kaolinlardan glinozem ishlab chiqarishning ikki usuli mavjud:

1) kislotalar yordamida, 2) yuqori haroratda eritish. Birinchi usul ekologiyaga salbiy ta始sir ko始rsatsa, ikkinchisi mahalliy kaolin tarkibida alyuminiy kamligi tufayli iqtisodiy samarasiz hisoblanadi.

Ta始kidlab o始tish joizki, alyuminiy ishlab chiqarishning an始anaviy texnologik tizimi murakkabligi, elektr energiya sarfining ko始pligi, qimmat narhli ftor tuzlari, uglerodli anod massasi, glinozem kabi materiallar qo始llanilishi bilan ajralib turadi. Bulardan tashqari, jarayon ko始p bosqichli, metal sarfi juda katta va uzoq vaqt talab qiladi.

O始zR F袗 Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan mazkur masalaning yangi yechimi taklif etilgan. Mazkur yechim, funksional keramika asosida yaratilgan impuls konvertorlarini gidrometallurgik texnologiyalarda qo始llash imkoniyati bilan bog始liq. Boshqacha qilib aytganda, kam alyuminiyli kaolin monoimpuls ta始sirida boyitiladi va tarkibda glinezom miqdori ortadi. Yangi ixtiro tufayli, hozirgacha rentabeligi past jarayon, yuqori rentabel jarayonga aylanadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!