Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Gʼiyosiddin Naqqoshning “Xitoy safari kundaligi”


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy jamoasi tomonidan Gʼiyosiddin Naqqoshning “Xitoy safari kundaligi” nashr etildi.

Ushbu kitob nashri «Temuriylar davri manbalarida Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi» mavzusidagi innovatsiya loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Gʼiyosiddin Naqqoshning Xitoy safari kundaligi Temuriylar davlatining xalqaro munosabatlari tarixi hamda Xitoy haqida yozilgan nodir manbalar sirasiga kiradi. Unda XV asr birinchi yarmida Maraziy Osiyo bilan Xitoy oʼrtasidagi qadimgi Buyuk ipak yoʼlining qayta tiklangan tarmoqlari orqali to poytaxt Pekingacha savdo-elchilik karvonlari harakati, ushbu yoʼldagi shaharlar, elchilarni qabul qilish masrosimlari, imperator saroyi hashamati, xitoy xalqining madaniyati kabilar haqida muhim tafsilotlar aks etgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!