Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug始 sanaladi. Chunki u xalqning o始tmishi, buguni va kelajagini o始zida mujassam etgan. Vatanning yorqin timsolidir. Haqiqatdan ham, hayotimizda ramz va timsollarning o始rni katta.
Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. Gerb - bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni, ramzi va timsolidir. Gerb qaysi davlatga tegishli bo始lsa, o始sha davlatning tarixiy an始analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bo始lgan tasvirlar yig始indisidan iborat.

Davlatimiz gerbi 1992-yil 2-iyulda O始zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdikdangan. Shu sabab, 2 iyul – O始zbekiston fuqarolari uchun bayram sifatida qadrli va unutilmas kunlardan biriga aylangan.
Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xo始jalik, jug始rofiy, etnik va boshqa o始ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an始analarini o始zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O始zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o始ziga xos tarzda ifoda etilgan. “O始zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to始g始risida”gi qonunga binoan, O始zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.
Davlatimiz gerbida xalqimizning tarixi, buguni va kelajagi o始z aksini topgan. Unda tog始lar, daryolar va so始l tomoni bug始doy boshoqlaridan, o始ng tomoni esa milliy boyligimiz paxta chanoqlari qiyg始os ochilgan g始o始za shoxlaridan iborat chambarakka o始ralganligi hamda gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi aks ettirilgan.
Gerbning yuqori qismida hurligimizning ramzi sifatida sakkizburchak, uning ichki qismida yarim oy va yulduz, markazida afsonaviy Humo qushi tasvirlangan. Pastki qismida yurtimiz Davlat bayrog始ini ifoda etuvchi chambarak tasmasiga “O始zbekiston” deb yozib qo始yilgan.
Biz uchun suyuk va buyuk ana shu zarrin tasvirdagi har bir chiziq, har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy ma始nolar mujassam.
O始zbekiston Respublikasi Davlat gerbida ranglar jilosiga ham alohida ahamiyat qaratilib, Humo qushi va daryolar - kumush rangida, quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “O始zbekiston” yozuvi - oltin rangida, g始o始za shoxlari va barglari, tog始lar va vodiy - yashil rangda, chanoqlardagi paxta - oq rangda; lenta - O始zbekiston Respublikasi Davlat bayrog始ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda, sakkizburchak - oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda, yarimoy va yulduzlar - oq rangda tasvirlangan.
Gerbda o始z ifodasini topgan jannatmakon diyorimiz husn-tarovatiga ishora etuvchi manzaralardan tortib, daryo, bug始doy boshog始i, g始o始za va paxta chanoqlari xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo始lidagi orzu-umidlari ifodasi, quyosh, yarim oy, yulduz- jamiyatimiz jipsligi belgisi, shuningdek, omad, himmat, olijanoblik, erksevarlik va fidoyilik ramzi bo始lgan afsonaviy Humo qushi - bularning barchasi millatimiz, xalqimiz hayoti, tarixi, ruhiyati va an始analari bilan chambarchas bog始liq timsollardir.
Bu tog始lar - yurtimiz ravnaqi, istiqlolimizni ta始minlash va xalqimiz farovonligi, ilmu fanimiz, yuksak madaniyatimiz yo始lida zahmat chekib, mehnat qilgan, hattoki o始zlarini fido qilgan va bu yo始lda fidoyilikka tayyor insonlarning barhayotlik siymosidir.
Daryo - jahon tamadduni va ilmu fani rivojiga o始zining beqiyos hissasini qo始shgan, matematika, tibbiyot, huquq, adabiyot, harbiy san始at, davlat boshqaruvi, islom ilmi va qolaversa ilm-fanning deyarli barcha aniq yo始nalishlari buloqlarini ochgan buyuk ajdodlarimiz, ularning bebaho merosidan samarali foydalangan holda taraqqiyotimizga samarali hissa qo始shayotgan olimu fuzalolar va ziyolilarning salohiyatlari timsoli sifatida gavdalanadi. Ulug始vor va mustahkamligini asrlar davomida isbotlab kelgan davlatchiligimiz, yuksak madaniyatimiz, buyuk tariximizni ham o始zida aks ettirgandek.
Porlab turgan quyosh – boy tarixga va yuksak madaniyatga ega ona xalqimizning qalbidagi mehr-oqibat, bag始rikenglik, mehmondo始stlik, bardavomlik, shuningdek, ko始hna va navqiron zaminimizdagi to始kin - sochinlik, obodonchilik, farovonlik, purnurlik ramziga o始xshaydi.
Gerbimizda markaziy o始rin tutuvchi afsonaviy Humo qushi ramzini xalqimiz azaldan davlat qushi sifatida tasavvur qilib kelgan. Zaminimizda necha ming yillar ilgari paydo bo始lgan afsonalarda Humo go始zal qush qiyofasidagi baxt, porloq taqdir va badavlatlik timsoli hisoblangan.
Shu ma始noda, O始zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g始ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o始zida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, o始ziga xos va o始ziga mos davlat ramzlaridan biri bo始lib qolgani bekorga emas. Chunki, gerbimiz ham O始zbekistonimiz kabi betakror. Undagi har bir tasvir, hatto har bir chiziqda mamlakatimiz salohiyati, xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassam.
Jamshid Odilov,
Tarix instituti kichik ilmiy xodimi.