Rossiya Federatsiyasining "Rosgeo" AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya tomonidan direktor o‘rinbosari Pyotr Zolotaryov, O‘zbekiston tomonidan Bo‘lim raisi Abdurazzoq Mirzayev boshchilik qildilar. Bu tadbir tomonlar o‘rtasida joriy yil boshidan beri o‘tkazilgan muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Mazkur jarayonda hududlarni rivojlantirish uchun mineral xom-ashyo bazasini o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari va uni diversifikasiya qilish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda qo‘shma geologik-qidiruv ishlarini olib borish masalalari ko‘rib chiqildi. Onlayn yig‘ilishda Qizilqum va Nurota konchilik mintaqalarida mazkur ishlarni olib borish istiqbolli ekanligi ta'kidlandi. Bunda Navoiy bo‘limining O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi maqomiga ega bo‘lgan mobil tadqiqot va ishlab chiqarish geologik qidiruv otryadini yaratish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi. Biroq, bunga ish to‘xtab qolmasligi uchun potensial investorlarni va savdo bozorining mavjudligi, ishning rentabelligi va hajmidan kelib chiqib bosqichma-bosqich o‘tilishi va buning uchun barcha nyuanslarni batafsil hisoblab chiqish kerakligi ta'kidlandi. Masalan, bentonit, dolomit va kvars qumlari kabi noma'dan foydali qazilmalarni jamlagan “Vaush” konida tajriba loyihasini amalga oshirish mumkin bo‘lib, ilk qadam sifatida axborot-taxlil markazini, u yerda tomonlarni qiziqtiradigan ma'lumotlar bazasini yaratish taklif qilindi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar olingan ma'lumotlar foydali, ularni keng doiradagi mutaxassislar bilan muhokama qilish kerak, degan xulosaga keldilar. Tomonlar bir ovozdan O‘zbekiston va Rossiyaning geologik-qidiruv potensialini birlashtirish mintaqaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirishga imkon beradi, degan fikrga keldilar. Bunda Toshkentdagi “Rosgeo Uzbekistan” MChJning mavjudligi o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligiga alohida urg‘u berildi.