Bugun, 17-noyabr kuni O始zR F袗 Genomika va bioinformatika markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Markaz o始simliklar, mikroorganizmlar va boshqa organizmlar genomini o始rganish bo始yicha xalqaro darajadagi zamonaviy ilmiy izlanishlar olib borish va ularni natijalarini amaliyotga tadbiq qilish bilan shug始ullanadi.

Hozirda Markaz olimlari qishloq xo始jaligi ekinlari genomining strukturasini o始rganish, xo始jalik jihatdan ahamiyatiga ega bo始lgan genlar funksiyasining bioinformatik tahlillarini o始tkazish, bug始doy, anor va uzum o始simliklari uchun gen-injenerligi va transgenom texnologiyalarini yaratish, gen va hujayra injenerligi, markerlarga asoslangan seleksiya, genom va virtual seleksiya dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida stress omillariga (sovuqqa, qurg始oqchilikka) chidamli bo始lgan yangi, tolasi yuqori sifatli “genetik boyitilgan” hamda zararkunandalarga chidamli g始o始zaning yangi navlarini yaratish bo始yicha ishlarni amalaga oshirishmoqda.

Markaz olimlari tomonidan g始o始zani fitoxrom 袗1 geni uchun birinchi marotaba gen-nokaut texnologiyasi ishlab chiqilib ushbu texnologiya 袗QSh, Xitoy, Misr, Rossiya va Hindistonda patentlandi. Ushbu texnologiya yordamida tolasi uzun va sifatli, erta pishar, serhosil, qurg始oqchilik va sho始rxoklikka chidamli g始o始zani yangi “Porloq” navlari yaratildi. Hozirda bu navlar respublika bo始ylab keng dalalarda ekilmoqda.

Markazda in-vitro mikroklonal ko始paytirish texnologiyasi yo始lga qo始yilgan bo始lib u uzum va anorni qator navlarining ko始chatlarini ko始paytirishda ishlatilmoqda. Hozirda bu texnologiya yordamida fermerlar uchun viruslardan holi va sog始lomlashtirilgan uzum va anor ko始chatlari ko始paytirilib yetkazib berilmoqda.

Kartoshka eng ustuvor qishloq xo始jaligi ekinlaridan bo始lib u mamlakatni oziq-ovqat xavfsizligini ta始minlashda muhim ahamiyatga egadir. Kartoshkani fitoxrom B genining faoliyatini gen-nokaut texnologiyasi yordamida susaytirish natijasida uning hosildorlgini 26% oshirishga erishildi. Hozirda kartoshkani yangi navlari dala sinovlaridan o始tkazilmoqda.


Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari Mazkaz faoliyati va bu yerda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
