So始nggi yillarda Davlatimiz Rahbari va Hukumatimiz tomonidan ilm-fanga, olimlar faoliyatini qo始llab-quvvatlash, ularga qulay-shart-sharoitlar yaratib berishga alohida e始tibor qaratilmoqda. O始z navbatida olimlar mamlakatimizni yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo始lgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Xususan, Fanlar akademiyasi Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti tizimdagi o始simlikshunoslik yo始nalishidagi yirik tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Mazkur muassasa olimlari tomonidan yaratilayotgan g始alla, g始o始za va boshqa qishloq xo始jaligi ekinlari navlari respublikamizning turli hududlarida muvaffaqiyatli yetishtirilmoqda.
Joriy yil 8-9-avgust kunlari Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi institutining Farg始ona filialida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yuldashev boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar hamda Farg始ona viloyati hokimining qishloq xo始jaligi masalalari bo始yicha o始rinbosari 袗.M.Tursunov Filialga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mutasaddilar filial faoliyati, olimlar tomonidan g始o始za, donli va don-dukkakli ekinlarning yangi navlarini yaratish bo始yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.


Filial faoliyati tanqidiy ko始rib chiqilib, faoliyat yo始nalishlarini kengaytirish va mahalliy qishloq xo始jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar hamda agroklasterlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.